» » Qurollangan erkak Kaliforniyadagi faxriylar uyida istiqomat qiluvchilarni garovga oldi. 3 nafar ayol halok bo‘ldi

Qurollangan erkak Kaliforniyadagi faxriylar uyida istiqomat qiluvchilarni garovga oldi. 3 nafar ayol halok bo‘ldi


Kaliforniyadagi faxriylar uyida garovga olingan 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Ularni garovga olgan shaxs ham o‘lik holda topildi. Huquq-tartibot idoralari xodimlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi ayollar bo‘lib, ular ushbu muassasada xizmat qilgan.

Zirhli nimcha kiygan va qurollangan erkak Yontvildagi faxriylar uyiga 10-mart kuni bostirib kirdi. Bu yerda mingga yaqin kishi istiqomat qiladi va u AQShdagi eng yirik shunday muassasalardan biri hisoblanadi.

Napa Valley Register nashriga ko‘ra, hujum uyushtirgan erkak 36 yoshda bo‘lib, u ruhiy jarohatlari sababli shu yerda bir muddat davolangan. Jinoyatchi hodisa joyiga kelgan politsiyachilarga ham o‘q uzgani bildirilmoqda, biroq jabrlanganlar haqida xabar berilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют