» » Internet foydalanuvchilari “Perviy kanal”ni Kirkorovning uyini ta’mirlab bergani uchun qoraladi

Internet foydalanuvchilari “Perviy kanal”ni Kirkorovning uyini ta’mirlab bergani uchun qoraladi


“Perviy kanal”da namoyish etiladigan “Ideal ta’mir” ko‘rsatuvida estrada xonandasi Filipp Kirkorovning uyi ta’mirlab berildi. Bu haqda telekanal saytida ma’lum qilindi.

Quruvchi va arxitektorlar qo‘shiqchining qasrini haqiqiy Disneyland’ga aylantirdi. Uning ikki metr chuqurlikdagi basseyni mozaika bilan bezatildi. Uyga esa ertak qahramonlari joylashtirildi, biroq bularning hammasi xonandaning muxlislariga yoqmadi.

Filipp Kirkorovning o‘zi ham bu haqda Instagram’dagi sahifasida shunday yozadi:

“Mana shu ikki qobiliyatli arxitektor ‘Perviy kanal’dagi ajoyib ko‘rsatuvi tufayli uyimni Disneyland’ga aylantirdi. Unda farzandlarim uchun dam olish hududi, basseyn, uy kinoteatri ham barpo etildi”.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari “Perviy kanal”ning ushbu loyihasini qattiq tanqid ostiga oldi. Ular Filipp Kirkorovning uyini ta’mirlash uchun mablag‘i yetarli ekanligi, ko‘rsatuv ijodkorlari haqiqatdan ham muhtoj kishilarning uyini ta‘mirlab bersa maqsadga muvofiq bo‘lishini yozib qoldirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют