» » “Eybar”ga qarshi o‘yin vaqtida Serxio Ramos hojatxonaga borib kelishga majbur bo‘ldi. “Real” shundan keyin g‘alaba golini urdi

“Eybar”ga qarshi o‘yin vaqtida Serxio Ramos hojatxonaga borib kelishga majbur bo‘ldi. “Real” shundan keyin g‘alaba golini urdi


Ispaniya La Ligasining 28-turidan o‘rin olgan “Eybar” — “Real Madrid” o‘yinida qiziq holat ro‘y berdi, deb yozdi “Sports.ru”.

O‘yinning 73-daqiqasida madridliklar sardori Serxio Ramos hakamning yoniga borib, bir nimalarni tushuntirdi va stadiondan chiqib ketdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib esa u maydonga qaytib chiqdi.

Ramos bu ishni qilganida hisob 1:1 bo‘lib turgandi. Zidan bu vaqtga qadar futbolchi almashtirishdagi barcha imkoniyatlaridan foydalanib ulgurgandi. Ramos yo‘q vaqtida maydonda aytarli ish bo‘lgani yo‘q. Biroq u qaytganiga 5 daqiqa to‘lib, Krishtianu Ronaldu “Real” uchun g‘alaba golini urishga erishdi.

Matbuot anjumani vaqtida “Real” ustozi Zidan hammasini ochiqchasiga tushuntirdi: “Ramos hojatxonaga borib kelishiga to‘g‘ri keldi”.

O‘z navbatida himoyachi ham Zidanning fikrlarini tasdiqladi va Twitter sahifasida shunday post qoldirdi: “Tabiiy ehtiyoj. Bordim-u keldim. Kuchga to‘lib qaytdim. Gol urdik. Endi esa uyga qaytmoqdamiz. Bo‘sh kelmaymiz!”

“Real” yevrokuboklar uchun kurash olib borayotgan “Eybar”ni 2:1 hisobida taslim qilishga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют