WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Peterburglik erkak xotinini o‘ldirishga odam yollash uchun kredit oldi
Peterburglik erkak xotinini o‘ldirishga odam yollash uchun kredit oldi
Rossiyaning Leningrad viloyatida xotinini o‘ldirishga qaror qilgan erkak bu jinoyatni “moliyalashtirish” uchun bankdan kredit oldi. Bu haqda “RG.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, erkak bankdan 40 ming rubl olib, bu pulni yollanma qotilga avans tariqasida bergan. Pul qanday maqsadda olinayotgani haqidagi bandda u “shaxsiy ehtiyoj”ni ko‘rsatgan.
9-mart kuni viloyat sudi erkakni besh yillik qattiq tartibli koloniyaga va ikki yil ozodlikni cheklashga hukm qildi. U qotillikni tashkil etish va tayyorlashda aybdor deb topildi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?
КТО НА САЙТЕ?
(
5)
(
0)
(
4)
(
1)





- отсутствуют
