» » APL. “Milan”ni mag‘lub etgan “Arsenal” ham, “Yuventus”dan yengilgan “Tottenhem” ham yirik g‘alabaga erishdi

APL. “Milan”ni mag‘lub etgan “Arsenal” ham, “Yuventus”dan yengilgan “Tottenhem” ham yirik g‘alabaga erishdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 30-tur bellashuvlari bugun — 12-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Stok Siti” va “Manchester Siti” o‘yini bilan yakuniga yetadi.

Kechagi kun Londonning “Tottenhem” klubini kuchli uchlikka olib kirdi. “Liverpul”ning “Old Trafford”dagi mag‘lubiyatidan unumli foydalangan “shporlar” yirik g‘alaba sabab 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Harri Keyn Chempionlar Ligasidagi mag‘lubiyatdan keyingi ilk o‘yinida jarohat oldi, Pochettino uni 34-daqiqada almashtirdi. Koreyalik Son Xyon Min esa sherigining yo‘qligini bildirmay, dublga erishdi.

Londonning boshqa bir klubi “Arsenal” ham yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yevropa Ligasida “Milan”ni taslim etish orqali g‘alabasiz seriyasiga yakun yasab olgan Arsen Venger jamoasi, bu safar “Uotford” postiga 3 ta javobsiz gol urishga erishdi. Endi “to‘pchilar” 15-mart kuni milanliklarni qabul qiladi.

Angliya Premyer-Ligasi

30-tur bellashuvlari

11-mart, yakshanba

Gollar: Shkodran Mustafi, 8 (1:0). Pyer-Emerik Obameyang, 59 (2:0). Genrix Mxitaryan, 77 (3:0).

Noaniq penalti: Troy Dini, 61 (U).

Gollar: Junior Stanislas, 7 (1:0). Dele Alli, 35 (1:1). Son Xyon Min, 62 (1:2). Son Xyon Min, 87 (1:3). Serj Orye, 90+1 (1:4).

12-mart, dushanba

“Stok Siti” — “Manchester Siti” 01:00 Futbol-TV



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют