» » MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Farg‘onadan keyin Superliganing Namangandagi ochilishiga ham borishga qaror qildi

MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Farg‘onadan keyin Superliganing Namangandagi ochilishiga ham borishga qaror qildi


17-mart kuni Namanganning “Navbahor” futbol klubi O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasida amaldagi chempion “Lokomotiv”ni qabul qiladi.

Bungacha namanganlik futbolchilar 2 ta safar o‘yinida ishtirok etdi. Birinchi safar Bekobodda “Metallurg” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan “Navbahor”, 2-turda AGMK maydonida zafar quchishni uddaladi — 2:1.

Shanba kungi bellashuv esa mavsum boshidan buyon Namangandagi birinchisidir. Shuning uchun ham u ochilish maqomida bo‘ladi. O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha, tashkilot birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov mazkur ochilish o‘yiniga boradi va futbolni stadionda tomosha qiladi. U avvalroq “Neftchi” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi mavsumning ochilish o‘yinida ham ishtirok etgandi.

Stadionda futbol o‘yini oldidan shou-dastur bo‘lib o‘tadi. O‘FA namanganlik futbol ishqibozlari uchun Jasur Umirov, Nilufar Usmonova hamda “Bojalar” guruhini Namanganga olib borishga qaror qilgani aytilgan. Bellashuv 20:00 da start oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют