» » Aloqa va axborotlashtirish inspeksiyasi Beeline Uzbekistan tomonidan iste’molchilar huquqlari buzilishi holatini aniqladi

Aloqa va axborotlashtirish inspeksiyasi Beeline Uzbekistan tomonidan iste’molchilar huquqlari buzilishi holatini aniqladi


2018-yil 1-mart kuni Unitel MChJ (Beeline) tarmog‘ining billing tizimida ko‘zda tutilmagan hodisa yuz berishi sababli, 2018-yil 1—2-mart kunlari “Status” va “Bir Oy” tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar hisob balansi yoki ishlatilgan trafik noto‘g‘ri ko‘rsatilishi kuzatildi. Bu haqda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rasmiy saytida xabar berildi.

Natijada Unitel MChJning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markaziga bo‘lgan yuklama keskin oshdi, bu esa o‘z navbatida Unitel MChJning mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markaziga qo‘ng‘iroqni amalga oshirib bo‘lmaslik va mazkur hodisadan bexabar bo‘lgan abonentlardan ko‘plab shikoyatlar kelib tushishiga sabab bo‘ldi.

Ushbu hodisa natijasida Unitel MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining mobil aloqa xizmatlarini sifatli va o‘z vaqtida taqdim etish bo‘yicha qonuniy va normativ hujjatlar talablari hamda iste’molchilarning huquqlari buzilgan.

Yuqorida keltirilganlarni inobatga olib, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi kelgusida mazkur holatlar kelib chiqishining oldini olish va ushbu hodisa bo‘yicha abonentlarni o‘z vaqtida ogohlantirish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish hamda Unitel MChJ tarmog‘ida yuz bergan mazkur hodisa natijasida abonentlarga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha Unitel MChJga ko‘rsatma berdi va ko‘rsatma bajarilishini nazoratga oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют