» » O‘zbekistonda AKT vazirligi tomonidan yagona ijro intizomi elektron tizimi joriy etilmoqda

O‘zbekistonda AKT vazirligi tomonidan yagona ijro intizomi elektron tizimi joriy etilmoqda


O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 20-fevralidan 1-martigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va barcha tuman hokimliklarida “Ijro.gov.uz” yagona ijro intizomi elektron tizimi joriy etilib, undan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlari va treninglar tashkil etildi. Bu haqda aloqa, axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ishchi guruh tomonidan bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vazirlik va idoralarda mazkur axborot tizimini joriy etish va undan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlari va treninglar o‘tkazish ishlari davom etmoqda.

Treninglar “Unicon.uz” DUK, Vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi va “O‘zbektelekom” AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Idoralararo yagona ijro intizomi elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan 2018-yil 30-martga qadar respublikada Idoralararo yagona ijro intizomi elektron tizimini joriy etish belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют