» » Rossiya Mudofaa vazirligi NATO Yevropada “harbiy Shengen” zonalarini tashkil etayotganligini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi NATO Yevropada “harbiy Shengen” zonalarini tashkil etayotganligini ma’lum qildi


Rossiya harbiylari tomonidan mamlakat chegaralarida NATO davlatlari o‘quv mashg‘ulotlarining qayd etilishi, alyans batalyonlarining Polsha va Boltiq davlatlari hududiga tashlanishi Shimoliy Atlantika harbiy bloki rahbariyatining yangi ustuvor vazifasi Yevropa ichkarisida harbiy Shengenni tashkil etishdan iborat ekanligidan guvohlik beradi. Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari o‘rinbosari, general-polkovnik Aleksandr Fomin mazkur bayonot bilan chiqish qildi, deb yozadi “RBK”.

Uning so‘zlariga qaraganda, NATO tomonidan o‘rnatilayotgan rejimning mohiyati o‘z qo‘shinlarini Rossiya chegaralari yo‘nalishida tashlash vaqtini maksimal darajada qisqartirishdan iborat. Faqat o‘tgan yilning o‘zida rossiyalik harbiylar Rossiyaning g‘arbiy chegaralari yaqinida 50 dan ortiq o‘quv mashg‘ulotlarini qayd etgan.

Bundan tashqari, NATOning to‘rtta batalyon taktik guruhini Polsha va Boltiq davlatlari hududiga tashlash yakunlangan.  “Natijada Rossiya chegaralari yaqinidagi Nato qo‘shinlari kontingenti 10 mingdan ortiq  harbiy xizmatchiga oshgan”, — deydi vazir o‘rinbosari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют