» » So‘g‘d viloyati raisi Samarqand viloyati hokimiga qimmatbaho sovg‘a yubordi

So‘g‘d viloyati raisi Samarqand viloyati hokimiga qimmatbaho sovg‘a yubordi


Samarqand va Tojikistonning So‘g‘d viloyati o‘rtasida yaqin qo‘shnichilikka asoslangan hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi. 

Xususan, 1-mart kuni Samarqand viloyatining “Jartepa” va Sug‘d viloyatining “Sarazm” o‘tkazish punktlari o‘z ishini tikladi. Samarqand — Panjakent oralig‘ida A-377 xalqaro avtomobil yo‘li yana ochildi.

7-mart kuni Samarqand shahrida ikki xalqning buyuk vakillari — Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyga yodgorlik o‘rnatildi.

Shu kuni “Jartepa” o‘tkazish punktida davlat rahbarining So‘g‘d viloyatiga sovg‘asi — Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan avtobus topshirildi.

10-mart kuni esa So‘g‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayevga “Sarazm”-“Jartepa” o‘tkazish punkti orqali qimmatbaho sovg‘a yubordi.

Axborot xizmati sovg‘a nimadan iborat ekanligiga aniqlik kiritmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют