» » Saudiya Arabistoni podshohi mamlakatda korrupsiyaviy jinoyatlarni tekshiradigan departament tuzishga ko‘rsatma berdi

Saudiya Arabistoni podshohi mamlakatda korrupsiyaviy jinoyatlarni tekshiradigan departament tuzishga ko‘rsatma berdi


Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz mamlakatda korrupsiyaviy jinoyatlarni tekshiradigan departament tuzishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Kommersant” ma’lum qildi.

“Mazkur qaror mamlakat va uning resurslari, davlat budjeti va aholining ijtimoiy muhofazaga olinganini aksilkorrupsiyaviy kampaniya vositasida himoya qilishga qaratilgan. Bu korrupsiyaga qarshi kurash jarayonini jadallashtiradi va samaradorligini oshiradi”, — deyiladi Saudiya bosh prokurori Saud al-Mujibning rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, maxsus departament tuzilishidan oldin mamlakatda keng ko‘lamli korrupsiyaga qarshi operatsiya o‘tkazildi va uning doirasida 11 shahzoda, 4 vazir va o‘nlab sobiq vazir qo‘lga olindi. Davlat mulkini talon-taroj qilish va poraxo‘rlikda gumon qilinganlar rasmiylarga tovon tariqasida 108 milliard dollar to‘lashga rozi bo‘lgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют