» » TIV: “Tolibon” Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasida ishtirok etish yuzasidan so‘rov bermadi

TIV: “Tolibon” Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasida ishtirok etish yuzasidan so‘rov bermadi


Reuters agentligi O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga murojaat etib, Toshkentda o‘tishi kutilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyada ushbu mamlakat qurolli muxolifati, jumladan, “Tolibon” radikal harakati vakillari ishtirok etishi-etmasligini so‘radi. TIV bunga rasmiy javob yo‘lladi.

Javobda ta’kidlanishicha, harakat vakillari O‘zbekistonga bu masalada bevosita murojaat etmagan.

Tadbirga BMT bosh kotibi, BMTning Afg‘onistondagi maxsus vakili, Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va BAA tashqi ishlar vazirlari taklif etilgan. Shuningde, Qatarga taklif yuborilgan.

12-mart holatiga ko‘ra forumdagi ishtirokini Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkiya tomonlari, Yevroittifoq oliy vakili va BMT maxsus vakili tasdiqlagan. AQShdan bosh kotibning birinchi o‘rinbosari qatnashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют