» » Peskov Putin uni ba’zan tushunmasligi haqidagi gapga javob berdi

Peskov Putin uni ba’zan tushunmasligi haqidagi gapga javob berdi


Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putin tomonidan unga nisbatan aytilgan tanqidni “normal ish jarayonidagi” hodisa sifatida baholadi. Davlat rahbari NBC telekanaliga bergan intervyusida ba’zan matbuot kotibining nima haqida gapirayotganligini tushunmasligini aytgan, deb yozmoqda TJournal.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin juda talabchan boshliq hisoblanadi va u tomonidan bildirilgan tanqidlar ba’zan qattiq, ba’zan esa yumshoq bo‘ladi. Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, rahbar tomonidan tanqid qilinmaydigan matbuot kotibi hech narsa qilmaydi.

Peskov bayonotlarda o‘z fikrini bildirishi bilan bog‘liq savollarga javoban, “Men hech qachon o‘z fikrimni ifodalamayman, bu haqda gap bo‘lishi mumkin emas”, — deb qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют