» » Ostonada “Qozog‘iston go‘zali — 2017” finaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda (foto)

Ostonada “Qozog‘iston go‘zali — 2017” finaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda (foto)


“Qozog‘iston go‘zali — 2017” tanlovining barcha ishtirokchilari Ostonaga yig‘ildi, u yerda finalga tayyorgarlik olib borilmoqda, deb yozadi Tengrinews. Go‘zallik tanlovining yakuniy bosqichi 31-mart kuni Qozog‘iston poytaxtidagi Tinchlik va hamjihatlik saroyida bo‘lib o‘tadi.

Qizlar birinchi fotosessiyada tojlar va taqinchoqlar bilan ishtirok etdi, endi esa xayriya va ijtimoiy tadbirlarda qatnashadi.

“Qozog‘iston go‘zali” g‘olibasi birinchi marta asosiy mukofot jamg‘armasi — unvon, toj, “Dunyo go‘zali”ga yo‘llanma va besh million tenge (taxminan 15 500 dollar)dan tashqari, jahon luxury-brendidan shoping uchun pul sertifikatini qo‘lga kiritadi, shuningdek, mashhur fotosuratchidan fotosessiyani hadya sifatida oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют