» » Artel for Business’dan biznes yechimlar

Artel for Business’dan biznes yechimlar


Xodimlar samaradorligini oshirishning eng tezkor usullaridan biri ularni ishonchli maishiy texnika va elektronika bilan ta’minlashdir. Biroq ofis uchun texnika tanlash, sotib olish va o‘rnatish uchun vaqt yetarli bo‘lmasligi mumkin. Artel for Business korporativ departamenti kompaniyalar va tashkilotlarga ofis maishiy texnikasini tanlash, yetkazib berish va o‘rnatish uchun yordam berishga tayyor.

Bugungi kunda Artel for Business mamlakatimizdagi 7000 dan ziyod kompaniyalar va tashkilotlar vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda, ular orasida UMS, Ucell, RC Cola, Coca Cola, GM Uzbekistan, Nestle, Shaffof, Hydrolife Bottlers va boshqa kompaniyalar bor. Artel for Business korporativ departamenti turli xil faoliyat sohalari uchun tashkilotlarga maqbul bo‘lgan 4 ta tayyor biznes yechimni taklif etadi.

1-yechim “Maishiy texnika bilan jihozlash”

Artel for Business korporativ departamenti katta va kichik maishiy texnika hamda ofis uskunalari bilan tashkilot va kompaniyalarni ta’minlaydi. Ushbu yechimni xarid qilishda mijoz bevosita shaxsiy menejerning xizmatidan foydalanadi va maslahatlarini oladi. Shaxsiy menejer mijoz uchun qulay vaqtda tashrif buyurishi, maishiy texnikani sotib olish bo‘yicha shartnomani rasmiylashtirib berishi mumkin. Bu vaqtni tejaydi va ofisga kerakli texnikalarni qidirish vaqtini qisqartiradi.

2-yechim “Korporativ kreditlar”

Artel for Business’dan ushbu yechim kompaniyalar va tashkilotlar tomonidan ishchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan. Artel for Business xodimlari bank vakillari bilan birgalikda korporativ kredit olish to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazadi. Taqdimotdan so‘ng, kredit haqida barcha savollarni berish va shaxsiy maslahatlar olish mumkin.

Tashkilot xodimi ish joyini tark etmagan holda, eng kam hujjatlar to‘plamini taqdim etib dastlabki to‘lovsiz kredit shartnomasini tuzishi mumkin. Ushbu yechimni tanlash orqali, tashkilot va kompaniyalar rahbarlari o‘z jamoalariga yashash sharoitini yaxshilash va farovonlikni oshirish imkoniyatini yaratadilar.

3-yechim “ Korporativ sovg‘alar”

Ko‘pincha kompaniyalar korporativ tadbirlarni o‘tkazib, xodimlarni tabriklaydilar. Artel for Business korporativ departamenti bunday tadbirlarni utkazish jarayonini esdalik sovg‘alari bilan ta’minlashda yordam beradi:

“Korporativ sovg‘alar” yechimini tanlash jamoani yanada samarali ishlashga rag‘batlantirishda muhim omil bo‘ladi.

4-yechim “Aksiyalar va sovg‘ali sertifikatlar”

Yechim yakuniga ko‘ra g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshiriluvchi, turli reklama aksiyalari va lotereyalar tashkil etadigan kompaniyalarga mo‘ljallangan. Sovg‘alar topshirish jarayoni ham tashkilotchi, ham yetkazib beruvchi tomonidan nazorat qilinadi. Departament xodimlari sovg‘ani egasiga respublikaning istalgan nuqtasiga yetkazib berishda yordam ko‘rsatishadi va tashkilotchiga, g‘olibga sovg‘a topshirilgani haqida fotohisobot taqdim etishadi.

Maishiy texnika va elektronika sovg‘alaridan tashqari, Artel for Business korporativ departamenti tashkilotlar tomonidan avvaldan sotib olinishi hamda xodimlarga topshirilishi mumkin bo‘lgan sovg‘ali sertifikatlarni taklif etadi.

Artel for Business’ning har bir yechimda quyidagilar mujassam:

Artel for Business korporativ departamenti mijozlar faoliyati sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, biznesni muvaffaqiyatli ilgari surish uchun real natijalar hamda eng maqbul yechimlarni taklif etadi va loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi. Barcha biznes yechimlar tavsiya etilgan holatda qo‘llanishi yoki mijozning xohish-istaklaridan kelib chiqib butunlay boshqa yechimlarni yaratilishi mumkin.

Aloqa uchun telefonlar: +998 (99) 821-77-55; +998 (95) 145-77-45.

Facebook’dagi rasmiy sahifa: https://www.facebook.com/ArtelforBusiness/

Telegram’dagi onlayn menejer: @artelforbusiness / +998 99 821 77 55

Artel for Business korporativ departamenti manzillari:

Qoratosh MEDIAPARK bozori: Toshkent shahri Shayxontohur tumani, Qoratosh ko‘chasi, 11A. Mo‘ljal: O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasi.

Rohat MEDIAPARK bozori: Toshkent shahri Bektemir tumani, Rohat aylanmasi.

Sergeli MEDIAPARK bozori: Toshkent shahri  Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi. Mo‘ljal: Sergeli avtobozori.

Ipak yo‘li MEDIAPARK bozori: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi. Mo‘ljal: “Sayohat” mehmonxonasi.

Chilonzor MEDIAPARK bozori: Toshkent shahri Chilonzor tumani, “Ц” mavze, Qatortol ko‘chasi, 28.

Yunusobod MEDIAPARK bozori: Toshkent shahri Yunusobod tumani, 19-mavze, Yunusota ko‘chasi, 119. Mo‘ljal: sobiq Sayram bozor.

Qo‘qon MEDIAPARK bozori: Qo‘qon shahri Shohruxobod ko‘chasi, 39. Mo‘ljal: Qo‘qon savdo markazi.

Qarshi MEDIAPARK bozori: Qarshi shahri Islom Karimov ko‘chasi, 17. Mo‘ljal: sobiq “SUM”.

Farg‘ona MEDIAPARK bozori: Farg‘ona shahri Tarona ko‘chasi, 15. Mo‘ljal: Shahar hokimiyati.

Samarqand MEDIAPARK bozori: Samarqand shahri Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 131b. Mo‘ljal: Astor mehmonxonasi.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют