» » Toshkentda O‘zbekiston fuqarolarini Turkiyada ish bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi

Toshkentda O‘zbekiston fuqarolarini Turkiyada ish bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi


Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida Turkiyaning Tayga grup kompaniyasi bilan O‘zbekiston fuqarolarini Turkiyada ish bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Bu haqda agentlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i R.Ibragimovning ta’kidlashicha, agentlik shu paytgacha tashkiliy ishga yollash sohasida Rossiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Polsha bilan hamkorlik qilardi. Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, Germaniya, Qzog‘iston va Ummon sultonligi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Endi esa Turkiya bilan ham tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik boshlandi.

Tayga grup 2006-yildan buyon Turkiyaning Antaliya, Istanbul, Izmir, Mug‘la, Dengizli va G‘oziantep shaharlarida mehmonxona biznesi sohasida faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, kompaniya xorijliklarga ishlash uchun ruxsatnoma va vaqtincha turar-joyni rasmiylashtirishda ko‘maklashish hamda xorijdan kelgan talabalarga malaka oshirish bilan bog‘liq masalalarda yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Tayga grup kompaniyasi vakili Mahmud Yovuz Qalqonga ko‘ra, Turkiyadagi mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga katta ehtiyoj bor. Kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi ish beruvchilar rus va ingliz tillarini biladigan xodimlarni talab qiladi. Sayyohlik sohasi mavsumiy bo‘lganligi uchun xodimlar bilan bir yilgacha bo‘lgan muddatga mehnat shartnomasi imzolanadi.

Yaqin kunlar ichida Turkiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni istaydigan fuqarolarni tanlab olish jarayoni boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют