» » “Lokomotiv” Chempionlar Ligasida xavf ostida. Uning sobiq futbolchisi Server Jeparov esa pley-offga yaqin qoldi

“Lokomotiv” Chempionlar Ligasida xavf ostida. Uning sobiq futbolchisi Server Jeparov esa pley-offga yaqin qoldi


O‘zbekistonlik futbolchi Server Jeparov to‘p suradigan Tehronning “Istiqlol” klubi Chempionlar Ligasidagi mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirdi.

Kecha — 12-mart kuni “Ozodi” stadionida Amirliklarning “Al-Ayn” klubini qabul qilgan tehronliklar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Tomonlarning birinchi uchrashuvida ham durang qayd etilgandi — 2:2. Birinchi o‘yinda to‘liq o‘ynagan Server Jeparov, kecha o‘z o‘rnini 79-daqiqada boshqa futbolchiga bo‘shatib berdi.

O‘sha birinchi uchrashuvdan keyin tehronliklar OFKga hakam ustidan shikoyat xati yozdi. Chunki “Al-Ayn” maydonidagi o‘yinda “Istiqlol” darvozasiga 2 ta penalti tayin qilingan bo‘lib, forslar fikriga ko‘ra, bu qarorlar noto‘g‘ri edi. “Al-Ayn” esa penaltilardan birini golga aylantirib, mag‘lubiyatdan qutilib qolgandi. OFK shikoyatga javob qaytardimi yoki yo‘q — aniq emas. Fakt shuki, “Istiqlol”ning takroriy o‘yinida aynan forslar foydasiga penalti belgilangan.

Guruhdagi vaziyat ancha chigal. Undagi 4 ta jamoada ham pley-offga yo‘llanma olish imkoniyati bor. Ayni vaqtda “Istiqlol” guruhda peshqadam bo‘lib turibdi.

Chempionlar Ligasi

“D” guruhi. 4-tur

12-mart, dushanba

Gollar: Abdulrazzoq Hamdallah, 44-pen (1:0). Rodrigo Tabata, 66 (2:0). Yosir Al-Qahtoniy, 90 (2:1).

Gollar: Mame Baba Tiam, 42-pen (1:0). Tsukasa Shiotani, 78 (1:1).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют