» » DTM 2018-yilgi qabul imtihonlarida tushadigan savollar namunasi taqdim etildi

DTM 2018-yilgi qabul imtihonlarida tushadigan savollar namunasi taqdim etildi


2018-yilda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarini o‘tkazish uchun har bir umumta’lim fani bo‘yicha uning mazmuni tarkibi va abituriyentlar tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar kodifikatori, test topshiriqlarining tafsilotlari hamda mazkur tafsilotlar asosida ishlab chiqilgan test topshiriqlari namunalari taqdim etilmoqda, deb xabar berdi Davlat test markazi.

Talablar kodifikatori umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari hamda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etilgan darsliklar asosida tayyorlangan.

Talablar kodifikatori va test topshiriqlarining tafsilotlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan holda ushbu ta’lim tizimidagi malakali mutaxassislari muhokamasidan o‘tkazilgan. Ushbu hujjatlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining Ilmiy-metodik kengashi qarori bilan tasdiqlangan.

Taqdim etilayotgan test topshiriqlarining namunaviy variantlari tasdiqlangan talablar kodifikatori va test topshiriqlari tafsilotlari asosida tayyorlangan bo‘lib, abituriyentlarga, ularning ustozlari va keng jamoatchilikka umumta’lim fanlari bo‘yicha bo‘lg‘usi imtihonning shakli, mazmuni, murakkablik darajasini namoyish qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu variantlar boshqa metodik nashrlar bilan bir qatorda o‘quvchilarga qabul test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun yordam berishga qaratilgan.

Test topshiriqlari namunalari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 15:14)
+4 (голосов: 4)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют