» » Ishdan haydalgan Reks Tillerson, Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonda sud qilingan jangari, Sergelidagi tashlandiq chaqaloqlar va kunning boshqa muhim xabarlari

Ishdan haydalgan Reks Tillerson, Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonda sud qilingan jangari, Sergelidagi tashlandiq chaqaloqlar va kunning boshqa muhim xabarlari


13-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Reks Tillerson AQSh davlat kotibi lavozimidan bo‘shatildi. Kunning eng kutilmagan yangiligi. Uning o‘rniga MRB rahbari tayinlaydi. MRBning bo‘shab qolgan rahbarlik kursisiga esa ilk bor ayol kishi tayinlandi.

2. 18—19-mart kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, yolg‘iz qariyalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanishi nazarda tutilmoqda.

3. Milliy xavfsizlik xizmati Rossiyada terakt uyushtirishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik jangarini qo‘lga oldi. Uning ismi Abdulbosid, u 1996-yili Marg‘ilonda tug‘ilgan.

4. Sergelida tashlab ketilgan yana bir chaqaloq topildi. Bu 3 oy ichidagi uchinchi holat. Bungacha tumanda yanvar oyida va martning boshida ham shunday hodisalar bo‘lgandi.

5. Toshkentda YPX xodimi o‘z faoliyatida birinchi bor chuqurcha sabab sodir bo‘lgan YTHni rasmiylashtirdi. Haydovchining aytishicha, u “Tezikovka” yaqinida avtomobilini 30—40 kilometr tezlikda haydab ketayotib yo‘ldagi chuqurchaga tushib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют