» » “Manchester Yunayted” o‘z uyi “Old Trafford”da “Sevilya”dan taslim bo‘lib, Chempionlar Ligasi bilan xayrlashdi

“Manchester Yunayted” o‘z uyi “Old Trafford”da “Sevilya”dan taslim bo‘lib, Chempionlar Ligasi bilan xayrlashdi


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining chorak finaliga Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yo‘l ola bilmadi.

Bungacha Turin va Sevilyada qayd etilgan duranglar sabab “Tottenhem” hamda “Manchester Yunayted”ning imkoniyatlari yuqori baholangandi. Biroq har ikki jamoa ham o‘z uyida bir xil hisoblarda yengildi.

“Ramon Sanches Pisxuan” arenasida 0:0 hisobida durang o‘ynagan Joze Mourinyo boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” futbolchilari, “Old Trafford”da 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Uchrashuvning 72-daqiqasiga kelib italiyalik murabbiy Montella maydonga Vissam Ben-Yedderni tushirdi. Aynan shu o‘zgarish uchrashuvning kulminatsion nuqtasi bo‘ldi. Hujumchi ikki daqiqa ichida birinchi va olti daqiqa ichida ikkinchi golini urdi. Romelu Lukakuning javob goli esa “Yunayted”ni qutqarib qololmadi.

“Sevilya” 60 yildan buyon Chempionlar Ligasining chorak finaliga chiqa olmayotgandi. Ispan klubi Montella boshchiligida buning uddasidan chiqishga erishdi. Yevropa Ligasining amaldagi g‘olibi “Yunayted” esa o‘z yurishiga nimchorak finaldayoq yakun yasadi.

Chempionlar Ligasi

1/8 final o‘yini

13-mart, seshanba

Gollar: Vissam Ben-Yedder, 74 (0:1). Vissam Ben-Yedder, 78 (0:2). Romelu Lukaku, 84 (1:2).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют