» » Qoraqalpog‘istonda ilk bor klaster usulida paxta yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi

Qoraqalpog‘istonda ilk bor klaster usulida paxta yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi


Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida joriy yilda paxta klaster usulida yetishtiriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining shu yil 25-yanvardagi “Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tabdirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tumanda “Boston Klaster” MChJ tashkil etildi. Loyiha ko‘lamida joriy yil 11 ming 40 gektar maydonga chigit ekilib, har gektardan o‘rtacha 22 sentnerdan, jami 24 ming 241 tonna mahsulot olish rejalashtirilmoqda.

— “Boston Klaster” paxtachilikka ixtisoslashgan 380 fermer xo‘jaligi bilan kontraktatsiya shartnomalarini tuzadi, — deydi Ellikqal’a tumani qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Olimboy Seytimbetov. — Paxtachilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasida birinchi marta joriy etilayotgan yangi usul fermerlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Qarorga muvofiq, “Boston Klaster” fermer xo‘jaliklariga yer, suv va boshqa resurslardan samarali va oqilona foydalanish, olinadigan hosildorlikni oshirish, yetishtirilgan paxtani o‘z vaqtida yig‘ib olishga ko‘maklashadi. Shuningdek, uni qayta ishlab, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Fermer xo‘jaliklariga lizing asosida texnikalar olish, mineral o‘g‘itlar, urug‘-chigit materiallari, paxtani kimyoviy va biologik usulda himoya qilish va boshqa moddiy resurslarni yetkazib beradi.

Sotib olinadigan paxtaning narxi fermer xo‘jaliklarining rentabelliligi hisobga olinib, agrotexnik choralar asosida shakllantiriladigan xarajatlardan kelib chiqqan holda shartnoma asosida belgilanadi va u shu narxdan past bo‘lmasligi kerak.

—Mazkur yangi usulning joriy etilishi fermer xo‘jaliklarida paxta hosildorligini oshirishga xizmat qiladi, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi Uralbay Qalxonov. –—Fermer xo‘jaliklari endi avvalgidek faqat yetishtirgan paxta xom ashyosidan emas, balki uning qayta ishlanib, tayyor mahsulot bo‘lib chiqqanigacha bo‘lgan daromaddan tegishli ulushini oladi. Bu fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy poydevorini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют