» » Ob-havo: Bugun kechqurun tuman tushishi mumkin

Ob-havo: Bugun kechqurun tuman tushishi mumkin


14-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechqurun tuman tushishi mumkin. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markaziga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2—7, Xorazm viloyatida 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 7—12, kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 1—3 darajagacha sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 1—3 darajagacha sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarlik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2—7, kunduzi 7—12 daraja, Surxondaryo viloyatida kechasi va kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3—8, kunduzi 8—13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют