» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi MITT-2018 Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida qatnashmoqda

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi MITT-2018 Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida qatnashmoqda


2018-yilning 13-martida Moskva shahridagi “Eksposentr” Markaziy ko‘rgazma kompleksi ko‘rgazmalar markazida MITT-2018 Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi start oldi, deb yozadi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi va Ulysse Tour, Marco polo, Central asia travel, Compass tour, Dolores travel, Orient star group va Inter mice asia mahalliy turistik kompaniyalar bilan birgalikda “O‘zbekiston” yagona stendida o‘z aviatsion imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

15-martga qadar davom etuvchi ko‘rgazma mobaynida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi mutaxassislari turizm sohasida hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish maqsadida turistik soha, kurort tashkilotlari va yirik mehmonxonalar, shuningdek, OAVlari, reklama agentliklari vakillari va ko‘rgazmaning boshqa tashrif  buyuruvchilari bilan bir qator uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют