Bugun “Barselona” yoki “Chelsi”dan biri Chempionlar ligasi bilan xayrlashadi, “Bavariya” esa rasmiyatchilik uchun “Beshiktosh”ga qarshi saf tortadi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalidan joy olgan “Chelsi” — “Barselona” to‘qnashuvida Londonda o‘tgan dastlabki o‘yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etilib, kuchlar teng kelgan edi. Bugun ikki jamoa 1/4 final yo‘llanmasi uchun “Kamp Nou”da to‘qnash keladi.
Lionel Messi va nihoyat “Chelsi” darvozasiga yo‘l topdi. Ammo o‘yinda kataloniyaliklar g‘olib chiqa olmadi
Bugun, shuningdek, birinchi o‘yinda “Beshiktosh” ustidan yirik hisobda zafar quchgan Myunxenning “Bavariya”si turklar maydonida javob uchrashuvini o‘tkazadi. Dastlabki o‘yinda Xaynkes shogirdlari 5:0 hisobida “Beshiktosh”ni tor-mor keltirgan edi
Chempionlar Ligasida ham “turk seriali” tugadi. “Bavariya” o‘z uyida “Beshiktosh”ni ayab o‘tirmadi
Chorak finalga yetib kelgan jamoalar soni 6 taga yetdi: “Real”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Yuventus”, “Roma” hamda “Sevilya”. 2 ta jamoa nomi bugun aniqlanadi.
Chempionlar Ligasi
1/8 final javob uchrashuvi
14-mart, chorshanba
“Barselona” — “Chelsi” Futbol-TV 00:45
“Bavariya” — “Beshiktosh” UzReport 22:00
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
