» » Dehli shahri jome masjidi Said Ahmad Buxoriy: O‘zbekistonda islom dinini rivojlantirishga qaratilgan ishlar tahsinga loyiq

Dehli shahri jome masjidi Said Ahmad Buxoriy: O‘zbekistonda islom dinini rivojlantirishga qaratilgan ishlar tahsinga loyiq


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonga Dehli shahri jome masjidi bosh imomi, Hindistondagi naqshbandiya tariqati yetakchisi Said Ahmad Buxoriy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi. 

Mehmonlar mamlakatda islom dini rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish, tabarruk qadamjolarni ziyorat etish, qadimiy obidalar, tarixiy yodgorliklarni ko‘zdan kechirishni maqsad qilgan.

Delegatsiya a’zolari Toshkent islom universitetida bo‘lib, bu yerda o‘qituvchi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

— O‘zbekistonda islom dinini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ishlar tahsinga loyiq, — deydi Said Ahmad Buxoriy. — Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi dunyo ahli e’tiborini yana bir bor O‘zbekistonga qaratdi. Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi butun dunyoda, jumladan, Hindistonda katta qiziqish bilan kutib olindi. Prezident islom dini ezgulik hamda tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etishini alohida ta’kidladi, muhim takliflarni o‘rtaga tashladi. Xususan, Shavkat Mirziyoyevning BMTning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi butun islom olamida quvonch, g‘urur-iftixor uyg‘otdi. O‘ylaymanki, islom madaniyatini tushunmoqchi bo‘lganlar, albatta, O‘zbekistonga kelishi zarur. Bu ham ilm, ham ziyorat bo‘lar edi.

Tadbir davomida mehmonlar Toshkent islom universitetida saqlanayotgan xalifa Usmon Mushafi nusxasi, Burhoniddin Marg‘inoniy o‘z qo‘li bilan yozgan “Al-Hidoya” asari, ta’lim dargohida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilan tanishtirildi.

Tashrif dasturiga muvofiq, mehmonlar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz hamda Andijon shaharlarida bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Dehli shahri jome masjidi kattaligi jihatidan dunyoda sakkizinchi o‘rinda turadi. Uning qurilishi boburiylar sulolasi vakili Shohjahon tomonidan boshlanib, 6 yil davom etgan. Masjidda bir vaqtning o‘zida 25 ming kishi ibodat qilishi mumkin. Bu yerda 400 yildan buyon asli Markaziy Osiyodan bo‘lgan buxoriylarning o‘n uch avlodi xizmat qilib kelmoqda. Said Ahmad Buxoriy ham ushbu silsilaning davomchisidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют