» » Aprel oyidan boshlab Ostona—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Aprel oyidan boshlab Ostona—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


Ostonada Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 17-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin hamda O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov hamraislik qildi, deb xabar berdi “Kazinform”.

Uchrashuv davomida 2017-yil ikki tomonlama aloqalar uchun muvaffaqiyatli kelgani ta’kidlab o‘tildi. Ma’lumki, ikki mamlakat prezidentlari Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlariga savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish borasida topshiriq bergan.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda, tomonlar tovar ayirboshlash hajmini 2018-yilda 3 milliard dollarga hamda 2020-yilgacha 5 milliard dollargacha oshirish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni qabul qilishga kelishib oldi.

Tomonlar Qozog‘iston va O‘zbekistonning chegara hududlarida Xalqaro transchegaraviy hamkorlik markazi, transport-logistika markazi (“Quruq port”) barpo etish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Shuningdek, tomonlar joriy yilning aprel oyidan boshlab Samarqand—Ostona yo‘nalishi bo‘yicha muntazam ravishda yo‘lovchi poyezdlarining harakatlanishiga kelishib oldi.

Bundan tashqari Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishning huquqiy mexanizmini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi, bu esa barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda konstruktiv muloqot o‘rnatish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют