» » O‘zbekistonda 2017-yil oxirigacha 1000 ta bankomat o‘rnatish va’da qilingandi. Hozircha bankomatlar soni rasman 450 ga yaqin

O‘zbekistonda 2017-yil oxirigacha 1000 ta bankomat o‘rnatish va’da qilingandi. Hozircha bankomatlar soni rasman 450 ga yaqin


O‘zbekiston bank sohasi rasmiylari 2017-yil davomida plastik kartadagi pulni naqdlashtirib beruvchi bankomatlar masalasida bir necha bor deyarli bir xil va’da berishgan edi: “Yil oxirigacha 1000 ta bankomat o‘rnatiladi”.

2017-yil yanvarida Markaziy bankning pul muomalasi departamenti vakili Faxriddin Boboyev yil oxirigacha O‘zbekiston bo‘ylab 1000 ta bankomat ish boshlashi haqida bayonot bergan edi. Keyinroq, 2017-yil fevralida Markaziy bankning Toshkent shahri bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Majid Tohirov ham yil oxirigacha 1000 ta bankomat o‘rnatilishi, bu borada yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borilayotganini aytib o‘tgan edi.

Markaziy bank 2018-yil 19-yanvar kuni naqd pul muomalasi bo‘yicha yillik sharhni taqdim etdi. Unda 2017-yilning birgina dekabr oyida respublika bo‘ylab 159 ta bankomat o‘rnatilgani, 2018-yilning yanvar—mart oylarida yana 150 ta bankomat o‘rnatilsa, mamlakat bo‘ylab ishlab turgan pulni naqdlashtiruvchi bankomatlar soni 595 ta yetishi qayd etilgan edi (oddiy qilib aytganda, 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 445 ta bankomat o‘rnatilgan).

Buni UzCard bosh direktori Ahror Mahmudov ham tasdiqladi — uning 2018-yil 14-mart kuni Spot nashrida e’lon qilingan intervyusiga ko‘ra, hozir O‘zbekiston bo‘ylab 450 ga yaqin bankomat o‘rnatilgan. Ko‘rinishidan, Mahmudovdagi ma’lumotlar ham 1-yanvar holatiga ko‘ra to‘g‘ri — birinchi chorakning so‘nggi oyi hisoblangan martning ham qariyb yarmi o‘tib bo‘ldi, Markaziy bank sharhida ta’kidlangan 150 bankomatdan biror o‘ntasi o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, “Daryo” mobil muxbiri mart oyi boshida Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti binosiga pulni naqdlashtiruvchi bankomat o‘rnatilgani haqida xabar yo‘llagan edi.

E’tiborli tomoni, “yil oxirigacha 1000 ta bankomat o‘rnatamiz” va’dasini berish bu yil ham davom etmoqda. Masalan, o‘sha UzCard’ning rahbari Ahror Mahmudov 2018-yil “oxirigacha bankomatlar soni yana mingtaga ko‘payishi”ni, ularning soni nafaqat viloyat markazlarida, balki uzoq tumanlarda ham karrasiga oshishini ta’kidlagan.

Shuningdek, fevral oxirida Markaziy bankning Valyutani tartibga solish va to‘lov balansi departamenti direktori Bobir Abubakirov “2018-yil oxirigacha O‘zbekistonda 1045 ta bankomat o‘rnatilishi rejalashtirilgani”ni ma’lum qildi. Qayd etish joizki, u aytgan bankomatlar asosan turistlar uchun — xalqaro plastik kartalariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan hamda ularning ichida so‘m ham, dollar ham bo‘lishi aytilmoqda.

Aytmoqchi, yil davomida 1000 ta bankomat o‘rnatilmagan bo‘lsa-da, muhimi, o‘rnatilgan bankomatlar ishladi — 14-avgustdan Toshkent bozorlariga o‘rnatilgan bankomatlar naqd pul “tarqata boshladi”. Dastlabki haftalarda bir plastik kartadan yechib olish mumkin bo‘lgan naqd pul miqdori bir kunda faqat 100 ming so‘m qilib belgilangan edi, lekin yechilgan puldan foiz olinmasdi, bankomatli hududlar esa shaharlarning eng gavjum nuqtalariga aylandi.

Hozirga kelib vaziyat ancha barqaror — bankomatlar oldida 2017-yil avgustidagi kabi katta navbatlar deyarli uchramaydi, bir plastik kartadan naqdlashtirish mumkin bo‘lgan kunlik miqdor esa, xizmat ko‘rsatuvchi bankka qarab, 500 ming so‘mgacha ko‘paygan — lekin endi “xizmat haqi”ga rasman foiz ushlab qolinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют