» » Tramp AQSh yadro arsenalini modernizatsiya qilish zarurligini ma’lum qildi

Tramp AQSh yadro arsenalini modernizatsiya qilish zarurligini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp 13-mart, seshanba kuni Amerika dengiz piyodalari oldida chiqish qila turib, mamlakat yadro arsenalini modernizatsiya qilish va giperovozli qurolni yaratish uchun investitsiyalarni kengaytirish zarurati haqida ma’lum qildi. Uning nutqini Oq uy efirga uzatdi, deb yozadi “TASS”.

“Biz ham yadro qurol-aslahamizni modernizatsiya qilamiz va yadro infratuzilmamizni qayta tiklaymiz. Istalgan boshqa davlatdan oldinda bo‘lishimiz kerakligi uchun har qachongidan ham ko‘proq pul kiritamiz”, — dedi Amerika yetakchisi.

Bundan tashqari, Amerika yetakchisi ta’kidlaganidek, Vashington qurollanishning giperovozli tizimlariga investitsiyalarni 50 foizga kengaytirgan.

“Va nihoyat, kosmosda yana yetakchilik qilamiz. Juda yaqin vaqt ichida Marsga yo‘l olamiz”, — deya ta’kidladi Tramp.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют