» » Yaponiyaning Nagoya universiteti professorlari O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi

Yaponiyaning Nagoya universiteti professorlari O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga tashrif buyurdi


Yaponiyaning Nagoya universiteti professorlari Toshkentga tashrif buyurib, ToshDO‘TAUda dars mashg‘ulotlarini olib bordi, deb xabar bermoqda universitet axborot xizmati.

O‘zbekistonda ta’lim jarayonining uzluksizligi va xususan, maktab va oliy ta’lim dargohlari tuzilmasi bilan yaqindan tanishish istagida bo‘lgan Kunchiqar yurt olimlari ToshDO‘TAUda yaratilgan sharoitlar va ta’lim sifati darajasi bilan tanishdi.

Professorlar — Takeo Matsuda, Chiaki Yamashiro, Asuka Kavano ToshDO‘TAU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilariga “Yaponiyada maktab ta’limining zamonaviy tendensiyalari”, “Tabiiy ofatlar va kominkan (yapon guzarlari)”, “Yaponiya va O‘zbekistonda hamjamiyatning ta’lim sohasidagi roli: qiyosiy tahlil” singari mavzularda ma’ruzalar o‘qidi.

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU va Nagoya universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют