» » Londondagi Britaniya muzeyida Mirzo Ulug‘bekning piyolasi saqlanmoqda (foto)

Londondagi Britaniya muzeyida Mirzo Ulug‘bekning piyolasi saqlanmoqda (foto)


Londondagi Britaniya muzeyida O‘zbekiston tarixiga oid o‘ta noyob eksponat — Mirzo Ulug‘bek suv ichgan piyola saqlanadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Uzunligi 15 santimetr bo‘lgan piyola yuziga “Ulug‘bek Ko‘ragon” deb yozilgan. Piyola yashil rangli nefrit toshdan o‘ta mohirlik bilan sayqallangan holda ishlangan.

Uning bandi ajdar shaklida bo‘lib, og‘zi piyola uchini tishlagan, oyoqlari yerga tegib turadi. Piyolaning og‘iz tegar yeri lab shaklida bo‘lib, unga “Karami Haqqa nihoyat yo‘qdur” degan yozuv bitilgan.

O‘sha vaqtlar nefrit Movarounnahrda noyob tosh sanalgan. Piyolaning nefritdan ishlanishining sababi, u chaqmoq urishidan saqlagan. Eng asosiysi, nefritga solingan zahar o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgan.

Britaniya muzeyi Mirzo Ulug‘bek foydalangan nodir piyolaning nusxasini O‘zbekiston buyurtmasi bo‘yicha tayyorlab berishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Yaqinda Londonda qator uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazgan O‘zbekiston delegatsiyasi Britaniya muzeyiga tashrif buyurdi. Delegatsiyani Britaniya muzeyi direktori Hartvig Fisher qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini izhor etdilar. Muzokaralar natijasida Britaniya muzeyi xodimlarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish, o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, muzey fondida saqlanayotgan mamlakat tarixiga oid nodir eksponatlarni tadqiq qilish, kataloglarini yaratish, o‘zbekistonlik mutaxassislarning Britaniya muzeyida amaliyot o‘tashlarini joriy etish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Muzey mutaxassislari O‘zbekiston tarixiga oid eksponatlarning yozuv-sharhlarini o‘zbekistonlik olimlar bilan birgalikda tayyorlaydigan bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida muzey olimlarining o‘zbekistonlik hamkasblari uchun onlayn ma’ruzalarini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют