» » 2017-yilda virtual qabulxona va Xalq qabulxonalariga 1,4 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

2017-yilda virtual qabulxona va Xalq qabulxonalariga 1,4 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi


2017-yilda virtual qabulxona va Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 1,4 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi. Har bir ariza va shikoyatning qonun doirasida ko‘rib chiqilishi qat’iy nazoratga olindi, deb xabar beradi O‘zA.

1 million 338 mingta murojaat mazmunan hal etilib, ularning 919 mingdan ortig‘i (66,5 foiz) qanoatlantirildi, 418 mingdan ortig‘i (30 foiz) bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

2017-yilda murojaatlar bilan ishlash tizimining qonunchilik asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi dasturining qo‘shimcha qulayliklarga ega yangi versiyasi ishlab chiqildi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan 98 ta axborot-tahliliy materiallar tayyorlanib, ular asosida tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda chora-tadbirlar belgilash nazarda tutildi.

Aholining istak-xohishlari va takliflari asosida ko‘plab hayotiy muhim masalalarda 50 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilindi. Xususan, arzon uy-joylar qurish, ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, mahsulot va xizmatlarni to‘liq milliy valyutada sotishga o‘tish, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish, pensiyalarni naqd pulda berish kabi masalalarda huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.

Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida fuqarolik pasportini rasmiylashtirish yuzasidan murojaatlar 2 barobar, ta’lim sohasida 1,8, uy-joy bilan ta’minlashda 1,6, amnistiya masalalarida 1,5, davolanish uchun moddiy yordam berish borasida 1,4 barobarga kamaydi.

O‘rta hisobda oylik murojaatlar 2017- yilning oxirida 30 foizga pasaydi.

2017-yilda murojaatlarning hududlar kesimidagi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, eng ko‘p shikoyat va arizalar Toshkent shahri (265 141 ta) aholisidan olingan.

Shuningdek, Toshkent viloyatidan 159 987, Farg‘ona viloyatidan 142 708, Qashqadaryo viloyatidan 151 847, Andijon viloyatidan 116 787, Surxondaryo viloyatidan 112 010, Samarqand viloyatidan 93 626, Namangan viloyatidan 72 185, Buxoro viloyatidan 71 018, Navoiy viloyatidan 59 507, Xorazm viloyatidan 52 843, Jizzax viloyatidan 52 278, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 45 152 va Sirdaryo viloyatidan 44 286 murojaat kelib tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют