» » Toshkentda Agro World Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi

Toshkentda Agro World Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi


“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida “Qishloq xo‘jaligi – Agro World Uzbekistan – 2018” xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi. U o‘n uchinchi bor tashkil etilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

16-martga qadar davom etadigan nufuzli tadbir qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilari, dehqon va fermerlar, tadbirkorlar, hamkor tarmoqlar mutaxassislarini o‘ziga xos innovatsion maydonda birlashtirdi.

Unda Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Belgiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Qozog‘iston, Xitoy, Latviya, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Fransiya kabi 20 ga yaqin mamlakatdan 100 dan ortiq kompaniya, mahalliy qishloq xo‘jaligi vakillari ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma ochilishida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari, sohaga aloqador tashkilotlar vakillari qatnashdi.

“O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida, shuningdek, ochiq maydonda namoyishga qo‘yilgan mahalliy va xorij mamlakatlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari, parrandachilik va chorvachilik uchun dorivor vositalar, issiqxonalar uchun zamonaviy texnologiyalar, tezpishar va hosildor ekinlar urug‘lari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

– O‘zbekiston uchun qishloq xo‘jaligi sohasi juda muhim va ahamiyatli tarmoq. Mamlakatda bu soha jadal rivojlanmoqda, — deydi Niderlandiya elchisi Regina Veronika Mariya Jons-Bos. — Niderlandiyada agrar tarmoq yaxshi rivojlangan. Aminmanki, o‘zbekistonlik soha vakillari bilan bu borada tajriba almashib, samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatamiz. Bugungi ko‘rgazmada Niderlandiyaning 11 kompaniyasi ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma davomida o‘zaro istiqbolli shartnomalar imzolanishiga ishonchimiz komil.

Innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etgan Toshkentdagi “Uzbiogaz” mas’uliyati cheklangan jamiyati ko‘rgazmada fermer va aholi uchun organik chiqindilardan biogaz oladigan uskunani namoyish etmoqda. Taqdim etilayotgan uskuna yordamida 1 tonna organik chiqindidan 60-70 metr/kub gaz olish mumkin. Shuningdek, qolgan o‘g‘it yerga tashlansa, 30-40 foizgacha hosildorlik oshadi. Aholiga, tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida uskunani 10 yil muddatga hech qanday kafilliksiz lizingga o‘rnatib berish yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rgazma nufuzi yil sayin ortib bormoqda. Bu ishtirokchilar soni ko‘payganida ham ko‘zga tashlanadi. Bu yil ko‘rgazmaga ilk bor Tataristonning 5 kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.

An’anaga ko‘ra, ko‘rgazmaning ikkinchi kunida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ko‘magida “Fermerlar kuni” bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashadi, sohaga doir yangi texnika va texnologiyalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют