» » Jamshid Xo‘jayev: O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga kirishi — tashqi iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri

Jamshid Xo‘jayev: O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga kirishi — tashqi iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri


O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga kirishi bilan bog‘liq masalalarni ishlab chiqish doirasida Tashqi savdo vazirligida BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), Yevroittifoqning O‘zbekistondagi delegatsiyasi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

“BSTga qo‘shilish bir necha bosqichdan iborat va unga yaqinda qo‘shilgan mamlakatlar tajribasi bu jarayon bir necha yilga cho‘zilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bu o‘tish-tayyorgarlik davrini O‘zbekiston mazkur tashkilotga a’zolik natijalarini tahlil qilish va baholash, ijobiy jihatlar va ehtimoliy xavflarni hisob-kitob qilish uchun maksimal darajada foydalanadi. O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini oldini olish maqsadida iqtisodiyotning ayrim sektorlari, ishlab chiqaruvchilarning turli guruhlari tayyorligi darajasi o‘rganib chiqiladi, mahalliy korxonalar raqobatbardoshligini oshirish choralari ko‘riladi”, — dedi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev.

Vazirga ko‘ra, BSTga a’zo bo‘lish jarayonida mamlakat mavqeyini mustahkamlash, iqtisodiyotning to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, avtomobilsozlik kabi sohalarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining bojxona bojlari stavkalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan.

“Butunjahon savdo tashkiloti faoliyati umumiy tovar oqimi hajmining 94 foizdan ortig‘ini qamrab oladi. Shu sababli mazkur tashkilotga kirish O‘zbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi, mamlakat xalqaro imidjini yaxshilashning asosiy omillaridan biri sifatida ko‘rilmoqda”, — ta’kidladi Jamshid Xo‘jayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют