» » Leo Messi Chempionlar ligasidagi 100-golini urgan o‘yinda “Barselona” “Chelsi”ni tor-mor etdi

Leo Messi Chempionlar ligasidagi 100-golini urgan o‘yinda “Barselona” “Chelsi”ni tor-mor etdi


O‘yin “Barselona”ning 3:0 hisobidagi yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi 2 ta gol Leo Messi hisobiga yozildi. Shuningdek, Messining uzatmasidan so‘ng Usmon Dembele ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi. Shu tariqa “Barselona” Chempionlar ligasidagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.

Messining “Chelsi” qarshi o‘tgan o‘yinda kiritgan 2-goli uning YeChLdagi 100-goli bo‘ldi. Leo yuzlik dovonini Krishtianu Ronaldudan keyin zabt etgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Messining o‘yindagi birinchi goli esa uning faoliyatidagi eng tezkor goli bo‘ldi. U o‘yinning 128-soniyasida gol urishga erishdi.

Shu tariqa chorak finalga yo‘llanma olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi: “Real”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Yuventus”, “Roma”, “Sevilya” ,“Bavariya” va “Barselona”

Chempionlar Ligasi

1/8 final javob uchrashuvi

14-mart, chorshanba

“Barselona” — “Chelsi” 3:0

Gollar: 1:0 – 3 Lionel Messi, 2:0 – 20 Usmon Dembele, 3:0 – 63 Lionel Messi.

Ogohlantirishlar: Serji Roberto (22), Villian (45), Olivye Jiru (49), Markos Alonso (75).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 02:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют