» » Andijonda bedarak yo‘qolgan “Hamkorbank” xodimining jasadi topildi

Andijonda bedarak yo‘qolgan “Hamkorbank” xodimining jasadi topildi


Joriy yil 9-mart kuni Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani, “Beshtol” mahallasida yashovchi A.Qosimov soat 19:00 atrofida ukasi, “Hamkorbank” tuman filiali xodimi, 1990-yilda tug‘ilgan F.Qosimov Nexia rusumli avtomashinasida ish joyidan noma’lum tomonga ketib, bedarak yo‘qolganligi yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qidiruv ishlari natijasida avtomobil Qo‘rg‘ontepa tumani, “Yangibo‘ston” mahallasi hududida joylashgan “Omad Zuhro” fermer xo‘jaligidan oqib o‘tuvchi “Savay ariq” kanalidan topildi.

Kanalning “Nafosat” mahallasida joylashgan “Oxunjon yer saxovati” fermer xo‘jaligidan oqib o‘tuvchi qismida F.Qosimovning bosh va chap biqin sohalarida tan jarohatlari bilan jasadi topildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jalaquduq tumani, “Beshtol” mahallasida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan F.Sultonov va Qirg‘iziston fuqarosi, O‘sh shahrida yashovchi, 1995- yilda tug‘ilgan A.Ibragimov sodir etganliklari aniqlandi.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borimoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют