» » Toshkent IIBB boshlig‘i: “Chaqimchilik” haqida qoida buzishni yaxshi ko‘radiganlar gapiradi

Toshkent IIBB boshlig‘i: “Chaqimchilik” haqida qoida buzishni yaxshi ko‘radiganlar gapiradi


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining yaqinda ishga tushirilgan sayti (ubdd.uz) bosh boshqarma faoliyati ochiqligini ta’minlash bo‘yicha boshqa chora-tadbirlar kabi aholining ichki ishlar organlariga ishonchini oshirishda yordam berishi kerak. Bu haqda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Jo‘rayev jurnalistlar bilan uyushtirilgan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Uning fikricha, huquq-tartibot posbonlari nafaqat o‘z ishini yaxshi bajarishi, balki uni to‘g‘ri ko‘rsata olishi ham kerak.

“Biz Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi saytini faqat odatdagi ishimizni ko‘rsatish uchun ishga tushirmadik — bu shunday ham bizning ishimiz va kimgadir qiziqarli bo‘lishi amri mahol. Odamlar biz qanday yaxshi va savobli ishlar qilganimizga qiziqadi”, — dedi IIBB boshlig‘i.

Sayt ishga tushirilgach, o‘n kun ichida 149 ta murojaat va takliflar kelib tushgan. “Mobil muxbir” bo‘limi orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar haqida kelayotgan fotosuratlar va videoroliklar bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhidagi postlarga ham e’tibor qaratilmoqda.

IIBB boshlig‘i internet foydalanuvchilarining yo‘l harakati qoidalari buzilishi haqida xabar berganlar “chaqimchi” hisoblanishi haqidagi gaplariga ham izoh bildirdi.

“Biz YPX inspektorini har 100 metrga qo‘ya olmaymiz, ammo odamlar faollik ko‘rsatsa, bu bizga katta yordam beradi. Bunday odamlarni chaqimchi deyish noto‘g‘ri. Bunday gaplarni o‘zlari qoida buzishni va yuqori tezlikda yurishni yaxshi ko‘radiganlar yozishiga ishonchim komil. Biz barchamiz buning ustida ishlashimiz kerak”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют