» » Britaniya BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishida Rossiyaning Skripal ishi bo‘yicha bayonotini blokladi

Britaniya BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishida Rossiyaning Skripal ishi bo‘yicha bayonotini blokladi


Buyuk Britaniya Rossiya tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishida taqdim etilgan bayonnoma loyihasini blokladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Ta’kidlanishicha, gap Britaniyaning Solsberi shahrida razvedka boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal hamda uning qizini zaharlanishi haqidagi mojaro haqida ketmoqda.

“14-mart kuni bo‘lib o‘tgan BMT Xavsizlik Kengashi majlisida Rossiya tomonidan qisqa vaqt ichida Buyuk Briyaniyadagi kimyoviy mojaroni tezkorlik bilan tergov etish borasida taqdim etilgan qisqa va faktologik bayonnoma loyihasi siyosiylashtirilgan bahonalar ostida qo‘pol shaklda bo‘lgani sabab, mamlakat vakillari tomonidan bloklandi”, — deyiladi xabarda.

14-mart kuni Buyuk Britaniya talabiga binoan BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish chog‘ida Rossiyaning doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Britaniyadan zaharlanishga bog‘liq hodisa yuzasidan Rossiyaning bunga aloqadorligini isbotlaydigan dalillarni keltirishini talab qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют