» » O‘zbekiston milliy termasi Marokashga 4 nafar murabbiy — Kapadze, Qosimov, Arveladze, Berdiyev boshchiligida boradi

O‘zbekiston milliy termasi Marokashga 4 nafar murabbiy — Kapadze, Qosimov, Arveladze, Berdiyev boshchiligida boradi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23- va 27-mart kunlari Afrikaning ikki terma jamoasi, JCh-2018 ishtirokchilari Senegal va Marokash termalariga qarshi safarda o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.

Mazkur o‘yinlarga futbolchilarni saralab olish, ularni tayyorlash va olib borish va murabbiylar shtabini shakllantirish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Temur Kapadze vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

O‘FA Temur Kapadzeda hali murabbiylik tajribasi yo‘qligini inobatga olgan holda, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan tuzilgan tajribali mutaxassislardan iborat murabbiylar kengashi Temur Kapadzega terma jamoani bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yinlariga tayyorlashga yordam berishini ma’lum qildi.

Murabbiylar kengashidan “Bunyodkor” ustozi Mirjalol Qosimov, “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze va “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev joy olgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar avval Toshkentda yig‘inni boshlaydi, keyin esa Mirjalol Qosimov, Shota Arveladze, Ro‘ziqul Berdiyev, Temur Kapadzedan iborat murabbiylar kengashi boshchiligida Marokashga yo‘l oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют