» » Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tkazilgan milliardlar, “zapret” arafasidagi kelinsalomlar, narxi 24 so‘mga oshayotgan elektr va kunning boshqa muhim xabarlari

Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tkazilgan milliardlar, “zapret” arafasidagi kelinsalomlar, narxi 24 so‘mga oshayotgan elektr va kunning boshqa muhim xabarlari


15-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. DXXga aylantirilgan MXX bilan bog‘liq so‘nggi beshta muhim voqea. 22-dekabrdan 14-martgacha bo‘lgan voqealar tafsiloti.

2. “Kelinsalom”, “kuyovnavkar”, love story: Senat taqiqlamoqchi bo‘layotgan to‘y tadbirlari ro‘yxati. Senat qarori loyihasini o‘qib bo‘lgach, bu filmni tomosha qiling!

3. Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini har yili Navro‘zda o‘tkazishni taklif qildi. Keyingi uchrashuv Toshkentda o‘tkazilishi kutilmoqda.

4. Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni birinchi darajali “Do‘stiq” ordeni bilan mukofotladi. Qozog‘istonda O‘zbekiston yili ochildi.

5. 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda elektr energiyasi salkam 12 foizga oshadi. Oxirgi marta tariflar 2017-yil iyulida oshirilgan edi.

6. Raqam: Rossiyadan O‘zbekistonga 2017-yilda necha milliard dollar pul o‘tkazildi? Ma’lumot uchun, 2006-yildan 2017-yilning uchinchi choragiga qadar Rossiyadan O‘zbekistonga salkam 37 milliard dollar o‘tkazilgan.

7. O‘zbekistonda Uzcard kobeyjing kartalari chiqarilgach, konversion yoki valyuta kartalariga ehtiyoj qolmaydi. Bu yangilik ro‘yobga chiqsa, butun boshli bir davr tarixga aylanadi.

8. Video: Samarqandda 15-mart kuni qor yog‘di. Ma’lumot uchun, 16-mart kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

9. O‘zbekiston milliy termasi Marokashga 4 nafar murabbiy — Kapadze, Qosimov, Arveladze, Berdiyev boshchiligida boradi. Terma jamoa safarda, 23- va 27-mart kunlari ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют