» » “O‘zbekiston Respublikasining mehnat muhofazasi va xavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami” taqdimoti o‘tkazildi

“O‘zbekiston Respublikasining mehnat muhofazasi va xavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami” taqdimoti o‘tkazildi


Kasaba uyushmalari federatsiyasi “O‘zbekiston Respublikasining mehnat muhofazasi va xavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami” taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnat munosabatlari ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining mehnat muhofazasi va xavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami” nomli maxsus to‘plamni nashrga tayyorlab, chop etdi.

Unda sohaga oid barcha jihatlarni e’tiborga olgan holda xodimlar sog‘lig‘iga mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda zarar yetishining oldini olish, mehnatda jarohatlanish va kasb kasalliklarining profilaktikasi bo‘yicha ish beruvchilar va xodimlar mas’uliyatini kuchaytirish, mehnat xavfsizligini ta’minlash kabi dolzarb masalalarga oid eng muhim me’yorlar mujassamlashtirilgan.

To‘plamda mehnat munosabatlari tarixi, uning rivojlanish bosqichlari, normativ-huquqiy asoslari, O‘zbekistonda uning tatbiq etilishi haqida batafsil tushunchalar berilishi bilan birga, ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning aynan mehnat munosabatlariga taalluqli bo‘lim va bandlari ham o‘rin olgan.

Shuningdek, mehnat munosabatlari jarayonida nainki xodim, balki ish beruvchining ham o‘z huquq va majburiyatlarini bilmasligi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi inobatga olinib, faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiyalar keltirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют