» » Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Rossiyaga “ovozini o‘chirib, juftakni rostlash”ni maslahat berdi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Rossiyaga “ovozini o‘chirib, juftakni rostlash”ni maslahat berdi


Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson sobiq rossiyalik agent Sergey Skripalning zaharlanishi bilan bog‘liq ishga izoh berarkan, Rossiya tomoniga “ovozini o‘chirib, juftakni rostlash”ni maslahat berdi. Bu haqda EADaily xabar qilmoqda.

“Rossiya fuqarolarimiz uchun qanday tahdid ekanligiga shubhalangan bo‘lsangiz, uning Solsberiga uyushtirgan hujumiga e’tibor bering. Kimyoviy hujum tahdidi nafaqat Rossiya, balki boshqa davlatlardan ham kelishini bilamiz”, — dedi u.

Kelajakda bunday hujumlardan himoyalanish uchun ko‘riladigan choralar haqida gapirar ekan, vazir Britaniyada kimyoviy quroldan himoyalanish bo‘yicha yangi markaz qurilishini aytib o‘tdi. 48 million funt qiymatdagi obyekt mudofaa vazirligining Uiltshir grafligidagi Porton-Daun ilmiy-texnik laboratoriyasi hududida joylashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют