» » Qirg‘iziston shimolini O‘zbekiston bilan bog‘lovchi “Bishkek—O‘sh” trassasida yana qor ko‘chishlari kuzatildi

Qirg‘iziston shimolini O‘zbekiston bilan bog‘lovchi “Bishkek—O‘sh” trassasida yana qor ko‘chishlari kuzatildi


Qirg‘izistonda mamlakatning shimoliy va janubiy viloyatlarini birlashtiruvchi “Bishkek—O‘sh” strategik avtotrassasida bir yo‘la uchta katta hajmdagi qor uyumi ko‘chib tushdi, deb yozadi “TASS” respublika FVVga tayanib.

Qor uyumlari avtomobil yo‘lining 221, 222 va 226-kilometriga qulab tushgan, ammo hech kim jabrlanmagan. Qor ko‘chkilarining umumiy hajmi qariyb 3,3 ming kubometrga teng. Voqea joyida og‘ir texnika ishlab, qor uyumlarini tozalash bilan shug‘ullanmoqda.

Qor ko‘chishi sababli “Bishkek—O‘sh” trassasi transport vositalari yurishi uchun yopiq bo‘lib qolmoqda. Avvalroq “Bishkek—O‘sh” avtomobil yo‘lining 246-kilometrida qor ko‘chishi tufayli, avtomobil yo‘li yopilgan edi.

Trassa bo‘ylab joylashgan postlarda 300 ga yaqin yuk va yengil mashinalar to‘planib qolgani aytilmoqda. Bu joylarda haydovchilar va yo‘lovchilar uchun isinish punktlari ochilgan, shuningdek, ular uchun issiq ovqatlar tashkil qilingan.

Bishkek—O‘sh yo‘li Qirg‘izistonning shimoliy qismini O‘zbekiston bilan ham bog‘laydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют