» » TIV 26-mart Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo + Afg‘oniston” uchrashuv borasida qo’shimcha ma’lumot berdi

TIV 26-mart Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo + Afg‘oniston” uchrashuv borasida qo’shimcha ma’lumot berdi


Tashqi ishlar vazirligi “Daryo” nashrining “26-mart kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo + Afg‘oniston” shaklida vazirlarning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tishi va bunga taklif etilgan mamlakatlar vakillarining uchrashuvda ishtiroki darajasi hamda tadbir kun tartibi to‘g‘risida aniqlik kirish borasida bergan savoliga javob qaytardi.

“2018-yil 26-mart kuni Toshkent shahridagi uchrashuvda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, mazkur shaklni qo‘llab-quvvatlagan BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi (MOPDMM) va BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (UNAMA) rahbarlari ishtirok etishlari kutilmoqda.

Vazirlar mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, ko‘p tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar aloqalar, mintaqaviy integratsiya jarayoni, transmilliy transport koridorlarini yaratish isiqbollarini muhokama qilishlari kutilmoqda.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra erishilgan kelishuvlar, jumladan, turli darajalardagi davlatlararo aloqalar va keyingi uchrashuvning o‘tkazish sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladigan Qo‘shma bayonnoma qabul qilinishi rejalashtirilgan”, — deyiladi javob maktubida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют