» » Video: Floridadagi otishma vaqtida sherif yordamchisining qanday qilib yashiringani tasvirlangan video e’lon qilindi

Video: Floridadagi otishma vaqtida sherif yordamchisining qanday qilib yashiringani tasvirlangan video e’lon qilindi


Marjory Stoneman Douglas maktabini qo‘riqlash topshirilgan Brovard okrugi sherifining o‘rinbosari, ofitser Skott Petersoning otishma vaqtidagi xatti-harakati jamoatchilik va sheriff Skott Israelning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Washington Post nashriga tayanib, Forum Daily xabar berdi.

Hozirda iste’foga chiqarilgan va o‘z harakatlari uchun tergovda bo‘lib turgan Peterson otishma maktab ichida emas, balki tashqarisida sodir bo‘lyapti deb o‘ylaganini ma’lum qildi. Petersonning aytishicha, shu sababli u tashqaridan “taktik holatni egallagan” va vaziyatga baho berishga uringan.

Kuzatuv kamerasi tomonidan yozib olingan videoda otishma boshlanishi bilan Petersonning bino bo‘ylab tez yurib ketayotganini, shundan so‘ng ko‘chada turib, hech nima qilmaganini ko‘rish mumkin.

Petersonning advokati okruk sherifi tomonidan “video barchasi qay tarzda bo‘lganini ko‘rsatib turibdi” deya bildirgan izohiga javob berishni istamadi.

Eslatib o‘tamiz, 14-fevral kuni Floridaning Parklend shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 17 kishi halok bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют