» » Dubay “aqlli” avtomobil raqamlariga ega dunyodagi birinchi shahar bo‘ladi

Dubay “aqlli” avtomobil raqamlariga ega dunyodagi birinchi shahar bo‘ladi


Dubay yo‘llar va transport bo‘yicha boshqarmasi (RTA) “aqlli” avtomobil raqamlarini sinovdan o‘tkaza boshladi, deb xabar beradi “Russkiye Emirati”.

Mazkur tizim avtomobil raqamlari taxtachasini almashtirmagan holda undagi raqamlar, dizayn va boshqa ma’lumotlarni o‘zgartirish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, Dubay ushbu tizim joriy etilgan dunyodagi ilk shahar bo‘ladi. Loyiha Amerikaning Reviver Auto firmasining Yaqin Sharqdagi yagona vakili Team Target International bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Ushbu qadam yo‘llar va transport bo‘yicha boshqarmasining Dubayni dunyodagi eng aqlli shaharga aylantirish yo‘lidagi tashabbuslaridan biri hisoblanadi.

Qayd etilishicha, “aqlli” avtomobil raqamlarining joriy etilishi Dubay yo‘l harakati konsepsiyasi va texnologik transport infratuzilmasida tub burilish bo‘lishi kutilmoqda.

“Aqlli” raqamlar markazlashtirilgan tarzda nazorat qilinadi. Ularning yordamida avtomobil raqamlari va avtomobillar o‘g‘irlanishiga chek qo‘yilishi mumkin. Avtomobil o‘g‘irlangan taqdirda uning raqamlariga politsiya izlab topishini yengillashtiruvchi qo‘shimcha belgilar qo‘shilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют