» » O‘zbekiston kompaniyasi Afg‘onistonga 2 mln dollarlik dukkakli mahsulotlar yubordi

O‘zbekiston kompaniyasi Afg‘onistonga 2 mln dollarlik dukkakli mahsulotlar yubordi


UzTrade kompaniyasi Afg‘onistonga umumiy summasi 2 million dollardan oshiq dukkakli mahsulotlarni eksport qildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Yuk o‘zbek mahsulotlari tanilishi uchun ilk bor Made in Uzbekistan maxsus o‘ramida jo‘natildi.

“Mosh, loviya va no‘xotdan iborat aralash yuk kompaniyaning Mozori-sharifdagi savdo uyiga yuborildi. UzTrade va afg‘on kompaniyalari o‘rtasidagi shartnomalarning umumiy qiymati ikki million dollardan oshiq summani tashkil etdi”, — dedi UzTrade bosh mutaxassisi Bekzod Holiqov.

Uning aytishicha, yaqin orada 48 tonna miqdoridagi moshning birinchi turkumi Fransiyadagi yangi savdo uyi — UzFranceTrade manziliga jo‘natilishi rejalashtirilgan.

Oldinroq kompaniya tomonidan Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga dukkakli mahsulotlar yetkazib berishga shartnomalar imzolangan va Indoneziya, Malayziya va Vyetnamga eksport amalga oshirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют