» » Superliga. Bugun Farg‘onada “Bunyodkor” “Neftchi” mehmoni bo‘ladi, “Lokomotiv” esa Namanganda “Navbahor”ga qarshi o‘ynaydi

Superliga. Bugun Farg‘onada “Bunyodkor” “Neftchi” mehmoni bo‘ladi, “Lokomotiv” esa Namanganda “Navbahor”ga qarshi o‘ynaydi


Kecha Superliga bahslarining 3-turiga start berilgan edi. “Metallurg” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ni, “Buxoro” esa “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etgani haqida kecha xabar berilgan edi.

Superliga. “Buxoro” “So‘g‘diyona”ni yirik hisobda yengdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Bugun ham ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ikkisi ham turning markaziy o‘yini nomiga da’vogar. Toshkent jamoalari Vodiyga mehmonga boradi.

Superliga. “Metallurg” birgina gol evaziga “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

Kunning ilk o‘yini Farg‘onada “Neftchi” — “Bunyodkor” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs 18:00 boshlanishi belgilangan.

Namanganda esa “Navbahor” Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi. Mazkur bahs 20:00 da boshlanadi.

Ikkala uchrashuv ham Sport-TV telekanali tomonidan jonli translyatsiya qilinishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Superligasi

3-tur bellashuvlari

17-mart, shanba

“Neftchi” — “Bunyodkor” 18:00 Sport-TV

“Navbahor” — “Lokomotiv” 20:00 Sport-TV



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют