» » O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mudofaa sohasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mudofaa sohasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi


O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allan bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Kristofer Allan tomonidan oxirgi yillarda ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik yo‘nalishlarida o‘sish sur’atlari ortib borayotgani ta’kidlandi. Mehmonlar Afg‘onistonda joylashgan Buyuk Britaniya qurolli kuchlariga yuklarni tranzit bilan olib o‘tilishi masalalarida yaqindan ko‘mak berilayotgani uchun O‘zbekiston hukumatiga alohida minnatdorchiligini izhor etdi.

Buyuk Britaniya vakillari tomonidan shu yilning yanvar oyida imzolangan Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish ikki mamlakat o‘rtasida xalqaro hamkorlikning asosini tashkil etishi ta’kidlandi. Rejada harbiy hamkorlikning turli masalalarida tajriba almashish, O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining Britaniyadagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi, O‘zbekistondagi harbiy ta’lim muassasalarida mashg‘ulot jarayonlariga britaniyalik harbiy mutaxassislarning jalb etilishi, harbiy tibbiyot yo‘nalishida tajriba almashish, shuningdek, hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari va treninglarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya o‘rtasida mudofaa sohasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy ta’lim, harbiy kadrlar tayyorlash, ingliz tilini mukammal o‘rgatish, hamkorlikdagi treninglarni o‘tkazish, o‘zbekistonlik harbiylarning Britaniya qurolli kuchlari tomonidan o‘tkaziladigan turli o‘quv mashg‘ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishida o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatishni o‘z ichiga oladi.

Uchrashuv davomida Kristofer Allan O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining Sandxerstdagi Qirollik harbiy akademiyasi va boshqa Britaniyadagi nufuzli harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olishida Britaniya tomoni hamkorlik ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют