» » “Fransiyalik o‘rgimchak odam” 187 metrli Tour Total o‘smono‘par binosini zabt etdi

“Fransiyalik o‘rgimchak odam” 187 metrli Tour Total o‘smono‘par binosini zabt etdi


“Fransiyalik o‘rgimchak odam” taxallusi bilan tanilgan Alen Robert 15-mart kuni hech qanday himoya vositalarisiz 187 metrli Tour Total osmono‘par binosiga chiqdi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

55 yoshli Alen Robert bunga qadar ham Tour Total’ga chiqishga uringan, biroq unga qo‘riqchilar xalaqit berib qolgan. Bu safar esa u qo‘riqchilarni aldab o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Robert binoni zabt etishga salkam bir soat vaqt sarfladi.

“Men uchun alpinizm — ishqibozlik, hayot tarzi”, — deydi Alan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Robert baland binolarni zabt etishni 11 yil oldin boshlagan. Bu vaqt davomida u butun dunyo bo‘ylab 150 dan ortiq o‘smono‘par binolarni, jumladan, Dubaydagi “Burj Xalifa”, Eyfel minorasini va Sidneydagi opera teatrini zabt etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют