» » Fotogalereya: MOQ prezidenti tashrif buyurgan Superliganing ochilish o‘yiniga Namangan qanchalik tayyor?

Fotogalereya: MOQ prezidenti tashrif buyurgan Superliganing ochilish o‘yiniga Namangan qanchalik tayyor?


Bugun — 17-mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turi start oladi. Namanganning “Navbahor” klubi bungacha dastlabki ikki turni safarda o‘tkazgandi. Endi esa Namanganda mavsumdagi dastlabki rasmiy o‘yinini mamlakatning amaldagi chempioni “Lokomotiv”ga qarshi olib boradi.

Mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qilish uchun MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Namanganda bo‘lib turibdi. U 17-mart tongidan boshlab, viloyatdagi sport obyektlarini tekshirib chiqdi va ularning holati bilan tanishdi.

O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, Namangandagi futbol stadioni yangi mavsum uchun tayyor. Stadionga kirish uchun zamonaviy turniketlar o‘rnatilgan. Futbolchilarning yechinish va kiyinish xonalari, muxlislar sektorlari yaxshi holatga keltirilgan, deyiladi xabarda.

“Lokomotiv”ga qarshi o‘yin uchun chiptalar 30 ming so‘mdan sotilgan bo‘lsa-da, o‘yingacha kassalarda birorta ham chipta qolmagan. 20:00 da start oladigan futbol uchrashuvi uchun muxlislar 16:00 danoq stadionga kelishni boshlagan.

“Navbahor” ilk turni Bekobodda “Metallurg”ga qarshi 0:0 hisobi bilan yakunlagan bo‘lsa, 2-turda AGMK maydonidan g‘alaba bilan qaytgandi — 2:1.

Bir yil muqaddam “Navbahor” o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoaga aylangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют